
EL. "Manchester Yunayted" Ispaniyada kichik hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. Ronaldudan assist
UEFA Evropa Ligasi 6-turi doirasidagi "Real Sosedad" - "Manchester Yunayted" uchrashuvi yakuniga etdi. Qiziqarli va keskin kurashlar ostida o‘tgan bellashuvda mankunianliklar kichik hisobda g‘alaba qozondi - 1:0.
O‘yindagi yagona gol Alexandro Garnacho mualliflik qildi. Uning goliga Krishtianu Ronaldu assistentlik qildi.
Ushbu g‘alabadan keyin "qizil iblislar" 15 ochko to‘plagan holda kvartetda 2-pog‘onadan joy oldi. "Real Sosedad"da ham 15 ochko, lekin ular qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra guruhda birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Fikrlar