Eldor Shomurodov – tobora yorqin porlayotgan yulduz

  • 18 may, 2020, 20:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya premer-ligasi tarixida Markaziy Osiyo mamlakatlaridan jami 120 nafardan ortiq legioner to‘p surgan.  Sportbox.ru ana shu futbolchilardan iborat ramziy terma jamoa tuzdi.

Tecno

Sharq – nozik masala. Rossiyadagi tarixiy terma jamoada 7 futbolchimiz bor

Biz har bir chiziq bo‘yicha eng kuchli, deb topilgan O‘zbekiston milliy terma jamoasida o‘ynagan charm to‘p ustalarini alohida tanishtiramiz.

Rossiyalik mutaxassislarga hujumchi tanlash biroz qiyin bo‘ldi. Chunki Markaziy Osiyodan borib, Rossiyada raqiblarni titratgan hujumchilar ko‘p ekan. Ular tojikistonlik Muhsin Muxamadiev («Lokomotiv», «Spartak») va Arsen Avakov («Torpedo»), turkmanistonlik Vladimir Bayramov («Rubin»), qozog‘istonlik Sergey Volgin («Tekstilщik») va o‘zbek futboli yulduzlari – Aleksandr Geynrix (TsSKA, «Torpedo») va Ja’far Irismetovni («Spartak») tilga oldilar.

Biroq, bugungi kunda Rossiya premer-ligasida porlayotgan va Evropaning qator klublari e’tiboriga tushgan “Rostov” to‘purari Eldor Shomurodovni oldiga tushadigani yo‘q. Mutaxassislar Eldorning gol sezish qobiliyati, harakatchanligi, pozitsiyani to‘g‘ri tanlay olishi va universalligiga tan berishmoqda. O‘yinda raqibni ayamay gol urayotgan Eldor maydondan tashqarida yoqimtoy va oddiy yigit.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!