
Eldor Shomurodov: Futbol – birinchi navbatda muxlislar uchun
O‘zbekiston milliy terma jamoasi Eron va BAAga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlariga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.
Bosh jamoamizning asosiy hujumchisi Eldor Shomurodov kecha Italiyadan yurtimizga etib keldi. Shomurodov bir necha kun avval, “Rostov”dan “Jenoa” klubiga ko‘chib o‘tgandi. Endi esa, u terma jamoaning o‘rtoqlik o‘yinlarida ishtirok etish uchun Vadim Abramov tashkil etgan yig‘inga kelib qo‘shildi. Hujumchi terma jamoa mashg‘ulotida muxlislar va ularsiz futbol zerikarli ekani haqida gapirdi.
O‘zbekiston MTJning bugungi mashg‘ulotida kimlar ishtirok etdi? Legionerlar safdami? (Fotoreportaj)
O‘zbekiston MTJ yig‘iniga chaqirilgan legionerimiz Toshkentga kela olmaydigan bo‘ldi
– Barcha yaxshi biladi futbol – birinchi navbatda muxlislar uchun. Bo‘sh stadionlarda o‘yin o‘tkazish har bir futbolchi uchun unchalik yaxshi emas. Bu juda g‘alati va qiyin. Arenalarda tomoshabinlar qo‘llab-quvvatlab tursa boshqacha. Milliy terma jamoada o‘ynagandan keyin futbolchi baribir uyda muxlislar qo‘llab turganini his qiladi. Shuning uchun mana shu o‘rtoqlik bahslarida g‘alabalar bilan ishqibozlarni xursand etishga harakat qilamiz, - dedi Eldor Shomurodov.
8 oktyabr kuni Vadim Abramov shogirdlari Toshkentda Eron bilan o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi.
Fikrlar