Eldor Shomurodov O‘zbekiston MTJ yig‘iniga qo‘shildi

  • 12.11.2019 16:28
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabaringiz bor, O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCh-2022 2-saralash bosqichidan o‘rin olgan Saudiya Arabistoni va Falastinga qarshi o‘yinlar uchun tayyorgarlik ko‘rmoqda. 

Vakillarimiz "Jar" stadionining zaxira maydonida shug‘ullanmoqda. Terma jamoamizning bugungi mashg‘ulotlariga Rossiya chempionatida "Rostov" sharafini himoya qilayotgan Eldor Shomurodov kelib qo‘shildi.

Eslatib o‘tamiz, Saudiya Arabistoniga qarshi 14, Falastin bilan esa 19 noyabr kuni o‘yin o‘tkazamiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!