Eldor Shomurodov: "Rostov"dagilar men nimani istayotganimni juda yaxshi bilishadi
Bir necha kun avval O‘FA hamda PFL yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimini o‘tkazdi. Unda Eldor Shomurodov O‘zbekistonning 2019 yildagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Taqdirlash marosimidan so‘ng Eldor Shomurodov SPORTS.uz saytiga quyidagilarni bayon etdi.
- Mukofot uchun barchaga rahmat. Jamoadoshlarimning yordami bilan rag‘batlantirildim. Ushbu yutuqda sheriklarimning hissasi katta.
Transferim? Ayni paytda "Rostov" bilan 3 yillik shartnomam bor. Kelajagimni klubdagilar hal etishadi. "Rostov"dagilar men nimani istayotganimni juda yaxshi bilishadi. Men Evropaga ketishni xohlayman, - dedi Shomurodov.


Fikrlar