
Eldorga "Yuventus" tomonidan qiziqish borligi rostmi? Nega Shomurodovning agenti bu xabarlarga javob bermadi?
Bugun Eldor Shomurodovga "Yuventus" tomonidan bo‘lgan qiziqish borasidagi xabar Italiya, O‘zbekiston va Rossiyada qizg‘in muhokama qilinmoqda. Hamyurtimiz hatto shu yili qishki transferlar mavsumidayoq Turinga ko‘chib o‘tishi mumkinligi yozildi.
Shomurodovning transferi bilan shug‘ullanadigan "ProSports Management" kompaniyasi vakili Kahhor Mo‘minov ushbu ma’lumotlar yuzasidan izoh berishni istamadi. Bu haqda Sport24 nashri xabar berdi.
Italiya nashri Shomurodov "Yuventus"ga qachon o‘tishi mumkinligini yozdi
Karpin sobiq shogirdi Shomurodovning "Yuventus"ga o‘tishi borasidagi xabarlarga munosabat bildirdi
Kompaniya vakili hujumchimizga qiziqish borligini ham inkor etmagan, yo‘qligini ham. Demak, bu erda bir gap bor. Ya’ni qiziqish bordir, ammo rasmiy taklif yo‘qdir. Shuning uchun Mo‘minov rasmiy bo‘lmagan ma’lumotlarga munosabat bildirishni istamagandir.
Voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz. SPORTS.uz saytidan uzoqlashmang. O‘zbek sportiga oid eng muhim va tezkor xabarlar aynan SPORTS.uz saytida!
Fikrlar
Маладес Элдор