
Elena Ostapenko Toshkentda shifoxonaga tushib qoldi
Latviyalik tennischi Elena Ostapenko poytaxtimizda o‘tayotgan "Tashkent open – 2019" musobaqasining ilk davrasidagi uchrashuvni nega davom ettira olmagani haqida shunday dedi.
"Uchrashuvdan so‘ng oshqozoningda qattiq og‘riq bo‘lsa va sen shifoxonaga borsang, naqadar yoqimsiz holat! ", – deb izoh qoldirdi Ostapenko o‘zining Instagram'ida.
Eslatib o‘tamiz, Elana mazkur turnirning birinchi davrasida ukrainalik Katarina Zavatskayaga qarshi kortga chiqdi. Ushbu o‘yinda hisob 6:3, 5:4 bo‘lib turgan bir vaziyatda latviyalik tennischi o‘yinni to‘xtatishga majbur bo‘lgan edi.
Fikrlar