Elnur Abduraimov amerikalik bokschi bilan jang qiladi

  • 12.09.2019 19:46
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Osiyo chempioni hamyurtimiz Elnur Abduraimov Boks bo‘yicha jahon chempionatidagi ishtirokini g‘alaba bilan boshladi.

Jazoirlik Benbazar Redaga qarshi jang qilgan terma jamoamiz vakili g‘alaba qozondi va keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Ikkinchi saralash raundida u chempionatning 7-raqamli bokschisi AQShlik bokschi DAVIS Keyshawn bilan kurash olib boradi. Ushbu jang 14 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot o‘rnida, ABDURAIMOV Elnur 2017 yilgi Boks bo‘yicha jahon chempionatini chorak finaldayoq tark etgan edi. O‘shanda u gruziyalik Otar Eranosyanga imkoniyatni boy berib qo‘ygan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!