"Elorda kubogi". Bokschilarimiz Qozog‘istondagi musobaqada 16 ta medal qo‘lga kiritishdi

  • 4 iyul, 2022, 18:01
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Qozog‘istonning Nur-Sulton shahrida boks bo‘yicha xalqaro "Elorda kubogi" musobaqasi o‘z nihoyasiga etdi.

Tecno

Musobaqada jahonning 10 dan ortiq mamlakatidan bokschilar ishtirok etishdi.

Bugun turnirning final bahslari bo‘lib o‘tdi. Musobaqa yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston erkaklar va ayollar terma jamoalari 2 ta oltin, 5 ta kumush va 9 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.

Terma jamoamiz safida quyidagi bokschilar sovrindor bo‘lishdi:

Oltin:

-54 kg: Nigina O‘ktamova
+92 kg: Lazizbek Mullojonov

Kumush:

-50 kg: Sabina Boboqulova
-52 kg: Feruza Kazakova
-57 kg: Sitora Turdibekova
-48 kg: Asilbek Jalilov
-75 kg: Saidjamshid Jaffarov


Bronza:

-48 kg: Farzona Fozilova
-48 kg: Marjona Savrieva
-66 kg: Navbahor Hamidova
-75 kg: Sohiba Ro‘zmetova
-51 kg: Shahzod Muzaffarov
-57 kg: Dilshod Abdumurodov
-60 kg: Adhamjon Muhiddinov
-63,5 kg: Mujibillo Tursunov
+92 kg: Jahongir Zokirov.

O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!