
Emelyanenko keyingi jangini UFC jangchisiga qarshi o‘tkazadi
Rossiyalik aralash yakkakurashlar jangchisi Aleksandr Emelyanenko braziliyalik Luis Enrike bilan kuch sinashadi. Ushbu bahs 10 may kuni Samaradagi "Volga bo‘yida jang" turniri doirasida o‘tkaziladi.
Aytib o‘tish joizki, Enrike UFCda 3 yil davomida ishtirok etishga muvaffaq bo‘lgan. Luisning MMAdagi faoliyati doirasida rekordi 11-4 (UFCda esa 2-4).
Emelyanenkoning MMAdagi ko‘rsatkichi 28-7-1.
Fikrlar