
Emiliano Martines klubi va terma jamoasi safidagi so‘nggi 5 ta penaltilar seriyasining barchasida zafar quchdi
Kecha tunda UEFA konferentsiyalar ligasi chorak final javob uchrashuvi doirasida "Aston Villa" "Lill" bilan kuch sinashdi va penaltilar seriyasida g‘alaba qozonib, yarim finalga yo‘l oldi. Ahamiyatlisi, angliyaliklar safida g‘olib bo‘lgan argentinalik Emiliano Martines klubi va Argentina uchun so‘nggi 5 ta penaltilar seriyasining barchasida zafar quchdi.
U 2020 yilda "Arsenal" bilan "Liverpul"ni Angliya superkubogi doirasida mag‘lub etgan, 2021 yil Argentina safida "Kopa Amerika" doirasida Kolumbiyadan ustun kelgan. Shuningdek, Qatarda o‘tgan jahon chempionatida dastlab, chorak finalda Niderlandiya mahv etilgan. So‘ngra, finalda Frantsiya sovrinsiz qoldirilgan.
Eslatib o‘tamiz, "Aston Villa" konferentsiyalar ligasi yarim finali doirasida Gretsiyaning "Olimpiakos" jamoasiga qarshi saf tortadi.
Fikrlar