
Endi qozog‘istonlik sportchida doping chiqsa, berilgan mukofot pullari va uy-joylar qaytarib olinadi
Bu haqda Qozog‘iston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligining axborot xizmati xabar berdi.
Jismoniy tarbiya va sportga oid qonun hujjatlariga sportchi, murabbiy va sport tashkilotlari rahbarlariga nisbatan diskvalifikatsiya qilingan Olimpiya o‘yinlari va boshqa musobaqalar sovrindorlariga berilgan pullik rag‘batlantirish, mol-mulk va uy-joylarni qaytartirish, ularni umrbod moddiy ta’minlashni to‘xtatish, sport razryadlari va unvonlari, davlat mukofotlari va imtiyozlaridan mahrum etish to‘g‘risida tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Shuningdek, sportchiga doping buyurgan shaxsga 200 EKIH miqdorida jazo chorasini qo‘llash ko‘zda tutilgan.
Antidoping choralarini kuchaytirish aksariyat MDH davlatlarining qonunchiligida mavjud, ammo O‘zbekistonda hozirga qadar mazkur me’yorlar hali joriy etilmagan.
Fikrlar