Endi “Siti”dan o‘zlarining “Yamal”i bor

  • 19.08.2025 16:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Frantsiya terma jamoasi va “Manchester Siti”ning sobiq yulduzi Samir Nasri “shaharliklar”ning yangi o‘yinchisi Rayan Sherki mahoratidan hayratda ekanini ta’kidladi.

22 yoshli frantsiyalik yarim himoyachi manchesterliklar safidagi debyut uchrashuvida 73-daqiqada Erling Xolandni almashtirdi va qisqa vaqt ichida “Vulverxemton” darvozasini ishg‘ol qildi.

-  Sherki – talant, uni Lamin Yamalga taqqoslash mumkin. Rayanning driblingi hayratlanarli darajada zo‘r. Endi u barqarorlikka erishishni o‘rganishi kerak, shunda eng buyuk futbolchilar qatoriga qo‘shsak bo‘ladi, - dedi Samir Nasri.

Samir Nasri futbolchilik faoliyati davomida “Marsel”, “Arsenal London”, “Manchester Siti”, “Vest Xem Yunayted”, “Sevilya”, “Antalyaspor” va “Anderlext” jamoalarida o‘ynagan.

Rayan Sherki ham Frantsiya futboli tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U “Lion” klubi tizimida tarbiyalanib, besh yil davomida asosiy jamoa sharafini himoya qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!