Endi sport maktablarida koronavirusga chalingan bemorlar davolanadi

  • 2 avgust, 2020, 10:26
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Boshqalar
CHERY AUTO

Barchaga yaxshi ma’lum, ayni damda yurtimizda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat hamon murakkabligicha qolmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra, respublika hududidagi yirik sport inshootlarida bemorlarni qabul qilish uchun maxsus joylar tashkil etilmoqda.

Tecno

“Respublika bo‘yicha katta sig‘imli sport zallarni koronavirusga chalingan bemorlarni davolash maskaniga aylantirish bo‘yicha barcha shahar, tumanlar sport ta’lim muassasalari rahbarlariga tegishli topshiriqlar berilib, kerakli ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Nukus ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati, Olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha Nukus oliy sport mahorati maktabi, Respublika o‘yin turlari va engil atletika bo‘yicha ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabi hamda Nukus va Karauzak tumanlari bolalar va o‘smirlar maktablarining 12 ta sport zallarida 1125 o‘rinli koykalarni joylashtirish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash lozim, mazkur majmualarga 3-avgust kunidan boshlab bemorlarni qabul qilish rejalashtirilgan”, - deyiladi vazirlik xabarida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!