
Eng kam futbolchi o‘ynatgan klub aniqlandi
“Latsio” klubi kuchli beshlik chempionatlari jamoalari orasida eng kam futbolchi xizmatidan foydalangani aniqlandi.
Rimliklar joriy mavsumdagi uchrashuvlarda jami 22 nafar o‘yinchini maydonga tushirgan. Bu haqida Transfermarkt portali xabar berdi.
Keyingi o‘rinda Angliya chempionligini qo‘lga kiritishga asosiy da’vogar hisoblangan “Manchester Siti” bormoqda. Xosep Gvardiola uchrashuvlarda 23 nafar futbolchini o‘ynatgan.
A Seriyaning yana bir vakili – “Inter” rasmiy bellashuvlarda 24 nafar o‘yinchisi yordamiga tayanib o‘ynagan.
PSJ, “Lill”, “Atalanta”, “RB Leyptsig”, “Vest Xem”, “Brentord” va “Verder” bosh murabbiylari mavsum davomida 25 nafardan futbolchini o‘yinga qo‘ygan.
Fikrlar