Eng ko‘p jahon chempionlarini tarbiyalagan klub qaysiligini bilasizmi?

  • 21.07.2026 17:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ispaniya milliy terma jamoasi 2026 yildgi mundial finalida Argentinani qo‘shimcha vaqtda 1:0 hisobida mag‘lub etganidan so‘ng, “Barselona” tarixda jahon chempionlarini eng ko‘p yetishtirgan klublar reytingida to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarildi.

Bu galgi final uchrashuvi AQShning Ist-Raterford shahridagi “Metlayf” stadionida bo‘lib o‘tdi. Bosh hakam sifatida sloveniyaik Slavko Vinchich ishladi.

2026 yilda jahon chempioni bo‘lgan “Barselona” futbolchilari sakkiz nafarni tashkil qildi. Ular:

  • darvozabon Joan Garsiya;
  • himoyachilar Erik Garsiya va Pau Kubarsi;
  • yarim himoyachilar Pedri, Gavi va Daniel Olmo;
  • hujumchilar Lamin Yamal va Ferran Torres.

Umuman olganda, “Barselona” futbolchisi maqomida 20 nafar o‘yinchi jahon kubogini boshi uzra ko‘targan.

Tarixda jahon chempionlari eng ko‘p bo‘lgan klublar reytingi:

  1. «Yuventus» — 28 nafar futbolchi.
  2. «Bavariya» — 23.
  3. «Inter» — 22.
  4. «Barselona» — 20 (+8).
  5. «Roma» — 18.
  6. «Penyarol» — 15.
  7. «Santos» — 15.
  8. «Real» Madrid — 13.
  9. «Nasyonal» — 12.
  10. «San-Paulu» — 12.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!