Eng mohir qilichbozlar Toshkentda jam bo‘ladi

CHERY AUTO

Joriy yilning sentyabr oyida poytaxtimizga jahonning eng mohir qilichbozlari nufuzli turnirda ishtirok etish uchun tashrif buyuradi.

Tecno

Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi shafeligida 5-6 sentyabr kunlari qilichbozlikning rapira xamda 7-8 sentyabr kunlari shpaga yo‘nalishlarida kattalar o‘rtasida "FIE Satellite" xalqaro turniri o‘tkaziladi.

"FIE Satellite" turnirida hozirgi kunga kelib sportchilarimizdan tashqari Rossiya, Avstriya, Angliya, AQSh, Italiya, Singapur, Malayziya, Filippin, Braziliya, Turkiya, Gruziya, Afg‘oniston, Ozarbayjon, Turkmaniston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston davlatlarining terma jamoalari a’zolari ishtirok etishlarini e’lon qilgan

Shuningdek, 9-10 sentyabr kunlari Toshkentda Markaziy Osiyo qilichbozlik konfederatsiyasining ochik chempionati ham o‘tkaziladi. Unda mazkur sport turining barcha yo‘nalishlarida g‘oliblar nomin aniqlanadi.

logo Konfederatsii

O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasi barcha qilichbozlik sporti ihlosmandlarini mazkur nufuzli xalqaro turnirlarga taklif etadi!

Sport majmuasi manzili: Toshkent shahri Yunusobod tumani Korxojiota ko‘chasi, 2A-uy.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!