
Eng zo‘r kikboksingchilar Toshkentda bellashmoqda
Joriy yil 13-17 sentyabr kunlari “Yunusobod”sport majmuasida kikboksing bo‘yicha "UZBEKISTAN OPEN" III xalqaro turniri bo‘lib o‘tadi.
Nufuzli muosbaqada dunyoning 28 mamlakatidan 10 yoshdan 40 yoshgacha bo‘lgan jami 1600 nafar yakka kurashchi kikboksning 6 ta yo‘nalishda kuch sinashadi.
Xalqaro turnirda WAKO Umumjahon kikboksing assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Salim Kayichi hamda WAKO Asia - Osiyo kikboksing assotsiatsiyasi prezidenti Nasser Nasseri janoblari bevosita bahslarni kuzatib borish uchun yurtimizga tashrif buyurgan.
Shiddatli va murosasiz kechadigan kikboksing janglarini ushbu havola orqali kuzatib borishingiz mumkin.
Fikrlar