
Eng zo‘r murabbiy kim?
FourFourTwo portali 2021 yilning eng zo‘r bosh murabbiylari reytingini tuzib chiqdi.
Unga ko‘ra, “Manchester Siti”ni muvaffaqiyatli boshqarayotgan Xosep Gvardiola yilning eng yaxshi murabbiyi, deb e’tirof etildi. Ispaniyalik mutaxassis qo‘l ostida “shaharliklar” Angliya chempionligini qo‘lga kiritdi va ayni paytda o‘z sovrinini munosib himoya qilmoqda.
Eng zo‘r murabbiylar reytingida kuchli uchlikdan “Chelsi”ni Evropa Chempionlar ligasi g‘olibiga aylantirgan Tomas Tuxel va “Liverpul”ni boshqarayotgan Yurgen Klopp joy olgan.
FourFourTwo portali reytingining kuchli o‘nligi quyidagicha ko‘rinish oldi:
- Xosep Gvardiola
- Tomas Tuxel
- Yurgen Klopp
- Antonio Konte
- Xans-Diter Flik
- Roberto Manchini
- Diego Simeone
- Yulian Nagelsmann
- Garet Sautgeyt
- Maurisio Pochettino
Fikrlar