Engil atletika. Samarqandda Markaziy Osiyo Ochiq chempionati bo‘lib o‘tadi

CHERY AUTO

23 sentyabrdan 25 sentyabrgacha Samarqand shahrida Engil atletika bo‘yicha Markaziy Osiyo 4-Ochiq chempionati bo‘lib o‘tadi. Unda 11 ta mamlakatdan 300 dan ortiq sportchilar xalqaro musobaqalarda ishtirok etadi. Bu haqda O‘zbekiston Engil atletika federatsiyasi rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

Ochiq turnirda ishtirok etish uchun O‘zbekistonga Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Turkmaniston va Tojikiston terma jamoalari tashrif buyuradi. Ularga Malayziya, Tailand va Filippinlardan sportchilar qo‘shiladi.

Sport musobaqasi O‘zbekiston Sportni rivojlantirish vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi va Engil atletika federatsiyasi tomonidan Markaziy Osiyo engil atletika assotsiatsiyasi va “O‘zbekneftgaz” AJ ko‘magida tashkil etildi.

Samarqand shahridagi, yugurish yo‘lakchasining yangi qoplamasi va World athletics standartlariga mos ravishda sertifikatlangan uloqtirish uchun sektorlariga ega “Afrosiyob Arena” sport majmuasi engil atletika bo‘yicha Markaziy Osiyo Ochiq chempionatini o‘tkazish uchun tayyorlab qo‘yildi. Ochiq turnir stadion rekonstruktsiyadan keyin o‘tkazilayotgan ilk yirik tadbir hisoblanadi.

Sportchilar asosiy yugurish yo‘nalishlarida ham, texnik musobaqalarda ham - balandlikka sakrash, tayanib sakrash, uzunlikka, uch hatlab sakrash, disk, bolg‘a, otish, nayza uloqtirish bo‘yicha qatnashadi.

Engil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi deyarli barcha yo‘nalishlarda chiqishi belgilangan. Stadionga ishtirokchilar bilan birgalikda V Islom Birdamlik o‘yinlari g‘oliblari Sharifa Davronova, Anvar Anvarov, Suxrob Xo‘jaev, Farida Solieva, Nargiza Qo‘chqorova va Roksana Xudoyarova kuch sinash uchun chiqadi.

Musobaqaning uchinchi kunida “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi kubogi o‘ynalishining, “Save Aral 2022” xalqaro xayriya ommaviy yugurish musobaqasining navbatdagi bosqichi bo‘lib o‘tadi. Ikki mingdan ortiq ishtirokchilar Orol dengizi atrofidagi ekologik muammoga jamoatchilik e’tiborini qaratish maqsadida o‘tkaziladigan "Save Aral" musobaqasini qo‘llab-quvvatlash uchun ishtirok etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!