
Engil atletikachilarimiz qit’a chempionligi uchun bahslarni davom ettirishadi
Qatar poytaxtida davom etayotgan engil atletika bo‘yicha Osiyo chempionatining ikkinchi kun dasturida vakillarimiz o‘zlarining chiqishini davom ettirishadi. Ushbu kun doirasida 9 nafar atletimiz turli bosqichlarda ishtirok etishadi.
Alina Yablokova va Roksana Xudoyorova uzunlikka sakrash, Ivan Denisov hamda Ruslan Qurbonov uch hatlab sakrash sektorlarida final bosqichida ishtirok etishsa, yadro uloqtirishda Sergey Dementev qit’a chempionati medallari bahs olib boradi. Qolgan vakillarimiz esa saralash yoki yarim final bosqichida o‘z omadini sinovdan o‘tkazishadi. Batafsil:
Ruslan Qurbonov – uch hatlab sakrash
Ivan Denisov – uch hatlab sakrash
Sergey Dementev – yadro uloqtirish
Marat Xaydarov – o‘n kurash
Nigina Sharipova – 100 metr, yarim final
Alina Yablokova – uzunlikka sakrash
Roksana Xudoyarova – uzunlikka sakrash
Ekaterina Voronina – etti kurash
Aleksandra Yurkevskaya – etti kurash
Fikrlar