Enrike: Agar menga donat qilsangiz, "Barsa"ga qarshi o‘yinda Mbappeni zaxirada qoldiraman"

  • 22 mart, 2024, 13:50
  • Suhrob Xolbekov
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike yana tvitch orqali jonli efir amalga oshirdi va uni bir vaqtning o‘zida 25 mingga yaqin odam kuzatib bordi. Ispaniyalik mutaxassis esa obunachilarining savollariga ham javob berdi. 

Tecno

Rasm

Bir obunachi undan "Kilian Mbappeni "Barselona"ga qarshi bahsda markaziy himoyada o‘ynata olasanmi?", - deb so‘radi. Enrike esa bunga hazil tariqasida shunday  javob berdi: "Agar menga 4 yoki 5 million evro donat qilsangiz, uni zaxirada qoldiraman (kuladi)".

Xabaringiz bor, "Barselona" va PSJ Chempionlar ligasi chorak finalida to‘qnash kelgan. Dastlabki bahs 11 aprelda, javob uchrashuvi esa 17 aprel kuni bo‘lib o‘tadi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Abror1987
22/03/2024 15:37
Hozirgina mart turuvdi-yu namuncha bular e'tiborsiz.
Узимдааа Мендааа
22/03/2024 14:33
11-17 мартда булса кейинги йилми???