Enrike Xavi va "Barsa"ga nima kerakligini aytdi

  • 13 dekabr, 2021, 03:29
  • 0
  • Futbol

Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis Enrike Xavi boshchiligidagi "Barselona"ning so‘nggi natijalari borasida fikr bildirdi. 

"Biz hammamiz Xavining qobiliyatli ekanligini ko‘rib turibmiz. Siz unga ishonishingiz kerak. 

Jamoa yaxshilangani ko‘rinib turibdi. Shunchaki, muxlislar buni ilg‘amayotgandir. Ochig‘i, biroz vaqt kerak. 

Xavi o‘ziga unchalik ishonmaydigan futbolchilardan iborat jamoani qabul qilib oldi. Ishonch bu dori emas. "Barsa" yaxshiroq o‘ynay olishi uchun biroz vaqt talab etiladi", - dedi Enrike. 


Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!