Entoni Joshua Taysonni ringga jangga chaqirdi

  • 30.04.2017 15:45
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi


Super og‘ir vazn toifasining WBA, IBF va IBO chempionlik kamarlari sohibi britaniyalik Entoni Joshua ukrainalik Vladimir Klichko ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng Tayson Fyurini jangga chaqirdi.

Tayson Fyuri ko‘p gapirmoqda va boksga qaytishni istamoqda. Men yana bir marta 90 000 muxlis tomosha qilishi uchun katta jangni tashkil qilishni xohlayman, – deydi Joshua.

Anthony_Joshua

Fyuri esa buni qabul qilgan: “Biz 500 yildagi eng yirik jangni o‘tkazamiz. Men sen bilan urushaman. Sen bokschilar uchun orzusan! – deb yozadi Tayson tvitter sahifasida.

27 yoshli Joshua hisobida 19 jangda 19 g‘alaba (barchasi nokaut) bor bo‘lsa, 28 yoshli Fyuri 25 jangda barchasini o‘z foydasiga hal qilgan. Shulardan 18 tasida nokaut qayd etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!