
Entoni Joshuaning Aleksandr Usikka qarshi jang uchun oladigan gonorari ma’lum bo‘ldi
Eng og‘ir vazn toifasida WBA, IBF, WBO va IBO yo‘nalishlari chempioni Entoni Joshuaning ukrainalik Aleksandr Usikga qarshi jang uchun oladigan gonorari ma’lum bo‘ldi.
Joshua ushbu jang uchun 15 million funt olishi kafolatlangan. Usik esa bu jangdan 3 million funt sterling kafolatlangan gonararga ega bo‘ladi.
Usikning promouteri Aleksandr Krasyukning aytishicha, u mazkur to‘qnashuvda o‘z faoliyatidagi eng katta gonorarni oladi.
Ma’lumot uchun, Joshua-Usik jangi 25 sentyabr kuni Buyuk Britaniyada tashkil etiladi.
Fikrlar