
Erik ten Xag yozda ikki o‘yinchini olib, xato qilganini tushunib etdi
“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Erik ten Xag yozda o‘yinchi olishda xatoga yo‘l qo‘ygan bo‘lib chiqdi.
The Guardian” nashrining ma’lum qilishicha, 24 yoshli Meyson Maunt va 27 yoshli Sufyon Amrabat transferi o‘zini oqlagani yo‘q. Har ikki futbolchining o‘yini murabbiylar shtabiga to‘g‘ri kelmadi.
Manchesterliklar qishki transferlar vaqtida yana to‘rtta pozitsiyaga o‘yinchi olmoqchi. Buning uchun hozir tarkibda bo‘lganlarning ayrimlaridan voz kechishga tayyor.
Erik ten Xag elub rahbariyatiga yozda “Chelsi”dan 55 million funtga xarid qilingan Meyson Mauntni sotib yuborishlariga qarshilik qilmasligini bildirgan.
Bundan tashqari, niderlandiyalik murabbiy “Fiorentina”dan ijaraga olingan Sufyon Amrabatni ham Italiyaga qaytarib yuboradigan bo‘ldi.
Erik ten Xag tarkibni kuchaytirish maqsadida “Manchester Yunayted”ga “Leyptsig” hujumchisi Timo Verner, “Nitstsa” himoyachisi Jan-Kler Todiboni olib kelmoqchi.
Manchesterliklar ro‘yxatida “Benfika” himoyachisi Antonio Silva, “Monako” yarim himoyachisi Yusuf Fofana nomzodlari ham bor.
Fikrlar