
Eriksen APLga qaytishi mumkin
"Inter" yarim himoyachisi Kristian Eriksen jamoani tark etish ehtimoli bor.
ESPN nashrining ma’lum qilishicha, "Arsenal" 28 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Transfer narxi 13,5 mln evroga baholanmoqda. Milan klubi yarim himoyachini "Tottenxem"dan 18,9 mln evroga xarid qilgandi.
Manbaning xabariga ko‘ra, daniyalik futbolchiga Angliyaning bir qator klublari qiziqish bildirgan. "Shporlar" esa uni tarkibga qaytishini rad etgan.
Eriksen "Arsenal"ga o‘tish variantini ko‘rib chiqishga tayyor. Bundan tashqari, yarim himoyachiga "Borussiya" D, "Milan" va PSJ klublari aloqaga chiqqani ma’lum qilindi.
Avvalroq, "Inter" va "Real" Eriksen hamda Iskoni rokirovka qilishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.
Fikrlar