Eriksen MYuda qaysi raqam ostida o‘ynashi ma’lum bo‘ldi (foto)

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabaringiz bor, "Manchester Yunayted" daniyalik yarim himoyachi Kristian Eriksenni sotib olgandi. Bugun futbolchi "qizil iblislar" safida qaysi raqam ostida to‘p tepishi ma’lum bo‘ldi. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Eriksen 14-raqamli libosda harakatlanadi. Avval bu raqam "Nottingem Forest"ga o‘tib ketgan Jessi Lingardga tegishli edi. 

Eriksen "Tottenxem"da 23, "Brentford"da esa 21-raqamli formada o‘ynagan. Hozir Manchester klubida bu raqam Lyuk Shouga tegishli. 

Ma’lumot o‘rnida, daniyalik iqtidor egasining transferi "Manchester Yunayted" uchun tekinga tushgan. 

eriksen

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!