Eriksen o‘ziga jamoa tanladi

  • 26.11.2020 13:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Inter” o‘yin uslubiga to‘g‘ri kelmay qolgan mahoratli pleymeyker Kristian Eriksenga qator jamoalar xaridor bo‘lmoqda.

Ular orasida “Arsenal”ning imkoniyati yuqori baholanmoqda. Londonliklar qishki transferlar vaqtida daniyalik yarim himoyachini 12 million funtga sotib olishga tayyorlanmoqda.

Futbolchining o‘zi ham Mikel Arteta jamoasiga o‘tishga rozilik bergan. Qizig‘i shundaki, “kanonirlar” Eriksen o‘ynagan”Tottenxem”ning ashaddiy raqibi hisoblanadi. Daniyalik futbolchi London klubini tark etishi kutilayotgan pleymeyker Mesut O‘zilning o‘rnini egallashi kerak bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!