
Eriksen "Tottenxem"dagi yubiley golini urdi
Londonning “Tottenxem” klubi yarim himoyachisi Kristian Eriksen APLning 4-turidan o‘rin olgan “Arsenal”ga (2:1) qarshi bo‘lib o‘tayotgan o‘yinda gol urishga erishdi.
E’tiborlisi, bu 27 yoshli daniyalik futbolchi uchun “shporlar” safidagi yubiley 50-gol bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, Eriksen “Tottenxem” safida 2013 yildan buyon to‘p surib kelmoqda.
Fikrlar