Erkak bokschilarimiz orasida Olimpiadani tark etganlar 3 taga etdi

  • 28.07.2021 16:52
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Boks

Boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasida -81 kg vazn toifasida 1/8 final bosqichida hamyurtimiz Dilshod Ro‘zmetov Ozarbayjon vakili Loren Alfonso Domingesga mag‘lub bo‘ldi. Shu tariqa bokschimiz uchun Tokio Olimpiadasi nihoyasiga etdi.

Eslatib o‘tamiz, Ro‘zmetov 1/16 finalda irlandiyalik Emmet Brennanni mag‘lubiyatga uchratgan edi.

Erkaklar o‘rtasida hozircha 3 nafar bokschimiz Olimpiadadagi yurishini yakunladi. Bular Sanjar Tursunov, Miraziz Mirzahalilov hamda Dilshod Ro‘zmetov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!