Erkinjon Turdimov "Dinamo"ni Superliga yo‘llanmasi qo‘lga kiritilgani bilan tabrikladi

  • 13.10.2021 21:09
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Samarqandning «Dinamo» jamoasi pro-ligadagi ikki yillik ishtirokidan keyin joriy yilgi mavsum yakunlanishidan to‘rt tur avval “Superliga-2022” yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

«Dinamo» klubi elitaga qaytgach, Samarqand viloyat hokimi, viloyat futbol assotsiatsiyasi prezidenti Erkinjon Turdimov feysbukdagi sahifasi orqali tabrik yo‘lladi.

«Aziz samarqandliklar! Sevimli futbol jamoamiz «Dinamo» 2022 yilda Superligada to‘p surish huquqini qo‘lga kiritdi. Shu munosabat bilan butun viloyatimiz ahlini, barcha futbol ishqibozlarini tabriklayman!

«Dinamo» professional futbol klubi a’zolariga Superliga o‘yinlarida omad va zafarlar yor bo‘lsin!», - deya yoziladi viloyat hokimining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.

Ma’lumot uchun, Samarqandning «Dinamo» klubi va Farg‘onaning «Neftchi» jamoasi pro-ligadan Superligaga yo‘llanma olishdi.

"Dinamo" matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!