Ernandes "Bavariya" bilan shartnomasini uzaytiradi
"Bavariya" sport direktori Xasan Salixamidjich himoyachi Lyuka Ernandesning klub bilan shartnomasini uzaytirishiga ishonmoqda.
"Lyukaning agentlari bilan muzokaralar juda yaxshi bosqichda davom etmoqda. Ernandes "Bavariya"ga xos barcha kerakli xususiyatlarga ega. Uning kelajagi klubimiz bilan bog‘liq, bunga hech qanday shubha yo‘q", - dedi Salixamidjich.
Ma’lumot uchun, Lyuka Ernandes "Bavariya" safida 2019 yilning iyulidan beri to‘p tepadi. 2022/23 yilgi mavsumda u myunxenliklar tarkibida 11 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va shuncha golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2024 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi.

Fikrlar