Ernesto Valverde: "Messi va Grizmann dueti shakllanishi uchun vaqt kerak"

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Chempionlar ligasi guruh bosqichi "Barselona" va "Borussiya Dortmund" (3:1) bahsidan so‘ng kataloniyaliklar ustozi Ernesto Valverde o‘yin haqidagi o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Biz qiyin guruhdan joy olgan edik, ammo pley-off yo‘llanmasini muddatidan oldin qo‘lga kiritdik. So‘nggi daqiqalarni hisobga olmaganda juda yaxshi o‘yin o‘tkazdik.

Turli hil mavzularda mish-mishlar bo‘lishi odatiy hol. Yaxshi futbolchilar doim bir-birlarini yaxshi tushinib kelishgan. Messi va Suaresni bunga misol qilib keltirishimiz mumkin. Sababi ular ancha vaqtdan buyon birga to‘p surib kelishadi. Grizmann va Messi duetiga ham vaqt kerak bo‘ladi.

Dembele uchun afsusdaman. Uning jarohati qaytarilgan bo‘lishi mumkin. Pley-offga yo‘l oldik, ammo uni yo‘qotganimiz biz uchun yomon yangilik bo‘ldi," - deydi Valverde.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!