Eron O‘zbekistonga qarshi o‘yinga Sardorni chaqirdi

  • 23 sentabr, 2020, 05:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya chempioni – “Zenit” rasmiy sayti jamoa hujumchisi Sardor Azmun Eron milliy terma jamoasiga chaqirtirilganini e’lon qildi.

Tecno

Eronliklarlar bosh murabbiyi Dragan Skochich terma jamoa yig‘iniga va 8 oktyabr kuni Toshkentda O‘zbekiston milliy terma jamoasi bilan bo‘ladigan o‘rtoqlik uchrashuviga chaqirtirilgan futbolchilar ro‘yxatiga premer-ligada to‘purarlik mahoratini namoyish etayotgan Sardor Azmunni ham qo‘shgan.

Shuningdek, Eron terma jamoasi 13 oktyabr kuni Tehronda Tojikiston futbolchilari bilan ham o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazishni rejalashtirgan.

Sardor Azmun Eron terma jamoasi safida 48 ta uchrashuvda 31 ta gol urgan.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!