Ertaga Osiyo velosport konfederatsiyasining (ASS) navbatdagi Kongressi o‘tkaziladi

CHERY AUTO
Ayni kunlarda Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumani hududida veloshosse bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda. 
 
Ertaga, 26 aprel kuni musobaqa doirasida Toshkent shahridagi “International Hotel Tashkent” mehmonxonasida Osiyo velosiped sporti konfederatsiyasining navbatdagi Kongressi o‘tkaziladi.
 
Kongressida 2020 yil Tokio shahrida (Yaponiya) bo‘lib o‘tadigan XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik jarayoni, shu yili sentyabrda bo‘ladigan Xalqaro kongressda ko‘riladigan masalalar, 2020-2021 yillarda Osiyo chempionatini o‘tkazish bo‘yicha mezbonlik qiluvchi davlatlarni aniqlash, shuningdek, 2018 yilda Osiyo velosport konfederatsiyasi (ASS) tomonidan amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuq va kamchiliklar sarhisob qilinishi rejalashtirilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!