
Eshitdingizmi? "Paxtakor" etakchisi "Neftchi"ga o‘tishi mumkin
"Paxtakor" yarim himoyachisi Azizbek Turg‘unboev jamoasini o‘zgartishi mumkin.
SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, futbolchi xizmatiga yangi mavsumda Superligada ishtirok etadigan "Neftchi" klubi qiziqish bildirmoqda.
Farg‘onaliklar bosh murabbiyi sobiq shogirdini o‘z jamoasida ko‘rishga qarshi emas. 27 yoshli vingerning "sherlar" bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning so‘ngiga qadar mo‘ljallangan.
Eslatib o‘tamiz, Ilhom Mo‘minjonov 2016-2018 yillari "Navbahor"da Turg‘unboev bilan birga ishlagan.
Shuningdek, tez orada "Neftchi" safiga tez orada legionerlar ham kelib qo‘shilishi kutilmoqda.
Fikrlar