"Espanol" "Real" sobiq futbolchisini xarid qildi

"Espanol" ispaniyalik hujumchi Raul de Tomasni sotib olgani haqida e’lon qildi. Tomonlar 2026 yilgacha mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekishdi.

Mavsum boshida Portugaliya klubi futbolchini "Real"dan 20 million evroga sotib olgan edi. Ammo futbolchi jamoaga moslashib keta olmadi. U chempionat bahslarida "Benfika" libosida 7 ta o‘yinda maydonga tushdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!