
Eto'O tarixdagi eng yaxshi jahon chempionati qaysi ekanini aytdi
Kamerunlik futbol yulduzi Samuel Eto'O 2018 yil Rossiyada bo‘lib o‘tgan jahon chempionati tarixdagi eng yaxshisi ekanini aytdi.
"Barselona", "Inter" va "Chelsi" klublarining sobiq hujumchisi 2022 yil Qatarda bo‘ladigan mundial elchisi hisoblanadi.
“Rossiyadagi jahon chempionati shu paytgacha tarixdagi eng zo‘r hisoblanadi. Ammo, Qatardagi musobaqa bundan ham yaxshiroq o‘tishni xohlaymiz. Bizning vazifamiz - uni ortda qoldirish. Agar sizga ertaga sayyoramiz chempionatini boshlash kerak bo‘lsa, mehmonlarni qabul qilishga va ularga maksimal darajada qulaylik taklif qilishga tayyormiz. Bizda hech qanday muammo yo‘q. 15 dan ortiq stadion allaqachon qurilgan, ammo biz ko‘proq ochmoqchimiz. Buni hali hech kim qilmagan. Tayyorgarlik borasida xavotirga o‘rin yo‘q, qat’iy belgilangan tartibda ishlaymiz. Barchangizni kutmoqdamiz, umid qilamanki, siz Qatarga kelasiz va birgalikda, katta oila bo‘lib, bu erda vaqt o‘tkazasiz. Sizga nafaqat ushbu mamlakatdagi stadionlar, balki shaharlar ham yoqishiga ishonamiz”, - dedi Eto'O.
“JCh-2022” o‘yinlari 2022 yilning 21 noyabridan 18 dekabriga qadar Qatarning 5 ta shahrida joylashgan 8 ta stadionda bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar