Ettinchi nokautini nishonlagan bokschimiz “pancherlar” jangida ringga chiqadi!

  • 12 noyabr, 2021, 19:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Iste’dodli bokschimiz Otabek Xolmatov professional ringda ketma-ket jang o‘tkazishda davom etmoqda. Professional bokschilik faoliyatini shu yilning avgustida boshlagan hamyurtimiz ettinchi jangini o‘tkazib ulgurdi.

Tecno

178243_original

Kolumbiyaning Santyago de Tolu shahridagi “Hostal Camping Yolimar” arenasida tashkil etilgan professional boks kechasida oltita jang bo‘lib o‘tdi. Otabek Xolmatov sakkiz raund etib belgilangan reyting jangida mezbonlar vakili Estevin Xerreraga qarshi ringga chiqdi.

Bungacha katta ringda 11 ta jang o‘tkazgan bokschi hamyurtimizga hech qanday qarshilik ko‘rsata olmadi. Otabek uchinchi raundning ikkinchi daqiqasi boshlangan bir paytda kuchli zarba bilan raqibini sof nokautga tushirdi.

Shu tariqa, Otabek Xolmatov ketma-ket ettinchi jangini ham nokaut bilan o‘z foydasiga hal qildi. Endi hamyurtimiz Kolumbiyadan AQShga yo‘l oladi. Otabekni 20 noyabr kuni katta jang kutyapti. Bo‘lajak raqib – dominikanlik Xuan Karlos Pena hozirgacha bokschimiz bilan jang qilganlar orasida eng kuchlisi hisoblanadi.

AQShning Mayami shahridagi “Manual Artime Community Center Theater” arenasida jami 11 ta to‘qnashuv o‘tkaziladi. Otabek o‘n raundli reyting jangida ringga ko‘tariladi.

Bo‘lajak raqib Xuan Karlos Pena professional boksdagi faoliyatini 2009 yilda boshlagan. Shu kunga qadar 32 ta jangda zafar quchgan va to‘rt marotaba mag‘lubiyatga uchragan. Penaning kuchli zarbaga ega ekanini 23 ta bellashuvda raqiblarini nokaut bilan engganidan bilib olsa bo‘ladi.

469c8e0a667e1d36a08ea45d6a3c16c5

Shuningdek, o‘zbekistonlik bokschilar Rossiya va Qozog‘iston mezbonlik qilgan professional boks kechalarida ham ishtirok etdi.

Rossiyada o‘tkazilgan professional boks turnirida Eldor Abduqodirov mezbonlar vakili Mixail Kozletinov bilan raqobatlashdi.

Olti raundga belgilangan reyting jangi atigi ikki daqiqayu 16 soniya davom etdi. O‘zbek bokschisining kuchli zarbasini o‘tkazib yuborgan raqib birinchi marta raund o‘rtalarida nokdaunga uchradi. Oradan bir necha daqiqa o‘tib, yana bir aniq zarbaga dosh berolmagan Kozletinov muddatidan oldin taslim bo‘ldi.

Shu tariqa, Eldor Abduqodirov ettinchi g‘alabasini nishonladi. Ikki yildan beri professional ringda faoliyat ko‘rsatayotgan hamyurtimiz shu janglardan beshtasida muddatidan oldin g‘alabaga erishgan. Uning hisobida bitta mag‘lubiyat ham bor.

maxresdefault (1)

Mazkur turnir doirasida olti raundlik reyting jangida ringga ko‘tarilgan bokschimiz Shodilbek Sharobiddinov armanistonlik Radik Grigoryan bilan to‘qnash keldi. Uchrashuvda katta ustunlikka erishgan  Grigoryan hamyurtimizni beshinchi raundda taslim qildi.

Yayana bir turnir - Chechenistonda o‘tkazilgan professional janglarda qatnashgan o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustalaridan   Muhammadsalim Sotvoldiev (7-4-2) rossiyalik engilmas bokschi Shamil Malsagovga sakkiz raundlik jangda ochkolar hisobida imkoniyatni boy berdi.

Rossiyalik Sayxan Bakaevga qarshi to‘rt raundlik jangda qatnashgan Ahmad Mamajonov uchinchi raundda kuchli zarba o‘tkazib yubordi va texnik nokautga uchradi.

Qozog‘istondagi boks musobaqasida Farrux Jo‘raev navbatdagi reyting jangini o‘tkazdi. Mezbonlar vakili Bekzod Nurdauletov bilan kuch sinashgan tajribali bokschimiz sakkiz raundlik jangda ochkolar hisobida engildi. Professional ringda bungacha olti marta zafar quchgan bokschimiz shu kuni beshinchi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!