"Everton" 6 daqiqada 3 ta gol urib, g‘alabaga erishdi

  • 14 sentabr, 2021, 01:53
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

APL 4-turidan o‘rin olgan "Everton" - "Bernli" bahsi biroz avval o‘z yakuniga etdi.

Qiziqarli o‘tgan o‘yinning birinchi bo‘limi 0:0 hisobida yakunlandi. Ikkinchi taymning 53-daqiqasida mehmonlar gol urishga muvaffaq bo‘ldi. So‘ngra 60 va 66-daqiqalar oralig‘ida Mersisayd klubi raqib darvozasini uch bor ishg‘ol etib, hisobni 3-1 ko‘rinishiga keltirib qo‘ydi. Gollarga Kin, Taunsend va Grey mualliflik qildi. 

Mazkur hisob o‘yin yakuniga qadar o‘zgarmadi va "irischilar" navbatdagi 3 ochkoni qo‘lga kiritdi. 
 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!