
"Everton" Lempard o‘rniga MYu afsonasini bosh murabbiy etib tayinlashi mumkin
"Everton" bosh murabbiyi Frenk Lempard tez orada iste’foga chiqarilishi kutilmoqda.
"The Sun" nashri xabariga qaraganda, mersisaydliklar ro‘yxatida 4 nafar nomzod bor. Ular Ueyn Runi ("Di Si Yunayted"), Angelos Postekoglu ("Seltik"), Shon Daych hamda Roberto Martines (har ikkisi ishsiz).
So‘nggi paytlardagi muvaffaqiyatsizliklar tufayli Frenkning "kursisi qimirlab qolgan". Jamoa uning boshqaruvida APLda 22 oktyabr sanasidan beri g‘alaba nimaligini bilmayapti.
"Irischilar" ayni paytda Premer liga turnir jadvalida 15 ochko bilan 18-pog‘onada bormoqda.
Fikrlar