"Everton" o‘z maydonida "Uotford"dan 5 ta gol o‘tkazib mag‘lub bo‘ldi (video)
Angliya premer-ligasining 9-turida “Everton” o‘z maydonida “Uotford”ga qarshi bahs olib bordi.
Gollar shousiga aylanib ketgan bahs 2:5 hisobida mehmonlarning foydasiga hal bo‘ldi. Shu kuni “Uotford” safida Joshua King (13', 80', 87'), Yuray Kutska (78') va Emmanuel Dennis (90+1'), “Everton” safida esa Tom Devis (3') va Risharlison (63') gol muallifi bo‘ldi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:



Fikrlar