"Everton"ni "botqoq"dan kim olib chiqadi?

  • 25 yanvar, 2023, 14:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Everton" Sem Ellardaysni bosh murabbiylikka qaytarish haqida o‘ylamoqda. Bu haqda jurnalist Sami Mokbel ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.

Tecno

Eslatib o‘tamiz, angliyalik mutaxassis 2017 yildan 2018 yilgacha “Everton”ni boshqargan. Ayni damda “irischilar” rahbariyati jamoani Chempionshipga tushib ketishdan qutqarib qoladigan murabbiyga muhtoj. Ellardays esa shunga o‘xshash muammolarni hal qilishda yaxshi tajribaga ega.

To‘g‘ri, Sem oxirgi marta "Vest Bromvich" boshqaruvida shunga o‘xshash vazifani uddalay olmagan, o‘shanda jamoa elitaga qaytganidan bir yil o‘tib, 2020/21 yilgi mavsumda chempionshipga tushib ketgandi.

Eslatib o‘tamiz, Ellardays hatto Angliya terma jamoasini ham boshqargan, ammo mojaro tufayli ushbu lavozimni juda tez tark etgan.

Ma’lumot uchun, "Everton" ayni damda APL turnir jadvalida 19-o‘rinni egallab turibdi. Jamoaning so‘nggi o‘rindagi “Sautgempton” bilan ochkolari teng.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!