
Evra chempionlar ligasi finali haqida fikr bildirdi
"Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi Patris Evra bugungi final borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Aslida, menga taxmin bildirish yoqmaydi. Biroq aytish kerak bo‘lsa, "Real" g‘olib bo‘ladi, deya olaman.
Bunday mavsumdan keyin "Liverpul" g‘alaba qozonishga loyiq. Ammo "Real" penaltilar seriyasida g‘alaba qozonishini taxmin qilyapman.
"Real" PSJ va "Manchester Siti"ga qarshi o‘yinlarda bizni hayratda qoldirdi. Tan olish kerak, Benzema, Vinisius va Modrich kabi iqtidor egalari bilan hamma narsa qilish mumkin", - dedi frantsiyalik sobiq himoyachi.
Fikrlar