
"Evro-2020". Bugun bo‘lib o‘tadigan uchrashuvlar ro‘yxati
Bugun, 12 iyun kuni "Evro-2020" doirasida 3 ta o‘yin bo‘lib o‘tadi. Dastavval, "A" guruhida Uels hamda Shveytsariya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Boku shahridagi "Olimpiya" stadionida o‘tadigan mazkur bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da start oladi.
21:00 da esa Daniyaning Kopengagen shahridagi "Parken" stadionida Daniya - Finlyandiya qarama-qarshiligi bo‘lib o‘tadi. Kunning so‘nggi uchrashuvi esa (Toshkent vaqti bilan 00:00) Sankt-Peterburgda Belgiya va Rossiya terma jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.
Barcha bahslar "UzReport" telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladi.
Fikrlar