Evropa futboliga kutilmagan zarba
Chempionlar ligasi g‘olibi “Bavariya” va Evropa ligasi chempioni “Sevilya” o‘rtasidagi UEFA superkubok o‘yini 24 sentyab kuni Vengriyaning Budapesh shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi.
Vengriya hukumati mamlakatda koronavirus tarqalayotganini inobatga olib, 1 sentyabr kunidan boshlab, barcha xorijliklar uchun davlat chegaralarini yopilishini e’lon qildi. Shu sababli, UEFA superkubogining o‘tkazishda kutilmagan muammo chiqdi.
Aslida Superkubok bahsiga 12 avgust kuni Portu shahridagi “Dragau” stadioni mezbonlik qilishi kerak edi. Lekin Chempionlar ligasining “sakkiz finali” shaklida tashkil etilgan uchrashuvlari Portugaliyada o‘tkazilgani bois, Superkubok uchrashuvi Budapeshtga ko‘chirildi.
Superkubokning amaldagi sohibi “Liverpul” jamoasi hisoblanadi.

Fikrlar