Evropa ligasi finali qaerda o‘tkazilishi mumkin?

  • 10.06.2020 21:22
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

UEFA Evropa ligasining final uchrashuvi Germaniyada bo‘lib o‘tkazilishi mumkin. Bu haqda Calciomarcato nashri xabar tarqatmoqda.

Hal qiluvchi o‘yinga mamlakatning 4 ta shahridan biri (Kyoln, Dyusseldorf, Duysburg yoki Gelzenkirxen) mezbonlik qilishi mumkin. Evropa ligasi pandemiya sabab 1/8 final bosqichda to‘xtatilgan edi.

Bundan avvalroq UEFA Chempionlar ligasi finali Lissabonda o‘tkazilishi ma’lum bo‘lgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!