Evropadagi legionerlarimiz: Alamli mag‘lubiyat, bitta gol va tuzalmagan jarohat!

  • 18 oktabr, 2021, 19:19
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
BEPUL PROPAN

O‘zbekistonlik futbolchilar UEFA tarkibiga kiruvchi Italiya, Rossiya, Qozog‘iston, Moldova va Belarus chempionatlarida to‘p tepmoqda.

Sports.uz yakunlangan haftada ushbu mamlakatlar milliy chempionati yuqori ligasida o‘ynayotgan legionerlarimiz va ularning jamoalari qayd etgan natijalar bilan tanishtirib borishga bel bog‘ladi. Ushbu loyihamiz siz aziz muxlislarga manzur keladi degan umiddamiz.

Eldor Shomurodov

“Roma” A Seriya 8-turining markaziy uchrashuvida “Yuventus” mehmoni bo‘lib, alamli mag‘lubiyatga uchradi. Ha, zo‘r o‘ynab turib, mag‘lub bo‘lish ikki hissa alamli. Agar penaltidan gol urib, mag‘lubiyatdan qutilib qolish imkoni boy berilganini inobatga olsak, alamzadalik yanada ortadi.

Mourino bu gal ham Eldor Shomurodovdan ko‘ra, jarohatdan endi qutilgan, umumiy guruh mashg‘ulotlarida qatnashmagan Temmi Abraxamni ustun qo‘ydi. 81-daqiqada o‘yinga qo‘shilgan Eldor Shomurodov esa, harchand urinmasin o‘zini ko‘rsatishi uchun vaqt etishmadi. Aksincha, hamyurtimiz 85-daqiqada sariq kartochka olgani bilan esda qoldi.

Mag‘lubiyatga qaramay, “Roma” to‘rtinchi o‘rinda qoldi. Faqat undan yuqorida turgan uch jamoadan ikkitasi ochkolar orasidagi farqni kattalashtirdi.

yuventus-obygral-romu-shomurodov-vyshel-v-koncovke-i-poluchil-zhyoltuyu-kartochku_16345041691382078866

Jasur Yaxshiboev

“Sherif” milliy chempionatda “Sfintul George” jamoasini 4:0 hisobida mag‘lub etdi. “Real”ga gol urgan uchrashuvda shikastlangan Jasur Yaxshiboev jarohati tufayli o‘yinda qatnashmadi. Tiraspol klubi rahbariyati o‘zbek hujumchisining Chempionlar ligasi doirasida  “Inter”ga qarshi o‘tkaziladigan safardagi bahsgacha safga qaytishiga umid qilgandi.

Oxirgi ma’lumotlarga qaraganda, Jasur Yaxshiboev mashhur “San-Siro”da maydonga tusholmaydi. U jarohatidan qutilgani yo‘q.

“Sherif” ayni paytda 10 ta uchrashuvda 25 ochko jamg‘arib, uchinchi o‘rinda bormoqda. Tiraspolliklar o‘zlaridan yuqorida turgan jamoalardan uchta kam o‘yin o‘tkazgan. E’tiborlisi, “Sherif” futbolchilari dastlabki ikki pog‘onani egallab turgan “Petrokub” va “Milsami”ni o‘zaro uchrashuvlarda mag‘lub etgan.  

yaxshiboyev-sherif

Igor Sergeev

Igor Sergeev “ko‘hna qit’a” hududida to‘p surayotgan futbolchilarimiz orasida gol urgan yagona legioner bo‘ldi. Qozog‘iston premer-ligasida chempionlik uchun kurashayotgan “Tobol” bu gal safardagi bahsda “Qizil-Jar SK” ustidan 2:0 hisobida zafar quchdi. Birinchi golni aynan Igor Sergeev urdi.

Hamyurtimiz premer-ligadagi gollari sonini to‘qqiztaga etkazdi. “Tobol” hozircha ikkinchi o‘rinda bormoqda va peshqadam “Astana”dan bir ochko ortda qolyapti.

photo_164115

Oston O‘runov

Nihoyat, uzoq davom etgan tanaffusdan so‘ng Oston O‘runov yana maydonga qaytdi. “Krasnodar”ga qarshi o‘tkazilgan bahsda “Ufa” to‘purari Hamid Agalarov hisobni ochganidan keyin birinchi bo‘lim o‘rtalarida jarohat oldi. Uning o‘rniga 29-daqiqada Oston maydonga tushdi.

Futbolni sog‘ingan O‘runov ancha faol o‘ynadi. O‘yinda mezbonlar mag‘lubiyatdan qutilib qoldi. “Ufa” raqib maydonidan bir ochko bilan qaytganiga qaramay, musobaqa jadvalida oxirgi pog‘onaga tushib qoldi.

1596523731_large-1

Ibrohimxalil Yo‘ldoshev

Rossiya premer-ligasi debyutanti “Nijniy Novgorod” safiga qo‘shilishi bilan asosiy tarkib o‘yinchiga aylangan Ibrohimxalil Yo‘ldoshev “Krilya Sovetov” jamoasiga qarshi bellashuvda bir daqiqa kam bir soat o‘ynadi.

Legionerimiz bu uchrashuvda ham ancha faol harakat qildi. Biroq, shu kuni mezbonlarni to‘xtatib bo‘lmadi va raqib 2:0 hisobida zafar quchdi.

pobeda-Nizhnego-v-Kazani-1200x802

Shahboz Umarov

“Slaviya” maydoniga safar uyushtirgan BATE chempionlik uchun kurashdan chiqdi. 26-tur bahsida Umarov jamoasi 1:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Borisovliklar etakchilaridan bo‘lgan legionerimiz 87-daqiqa o‘ynadi. Shahboz zaxiraga olinishidan uch daqiqa oldin hakam tomonidan ogohlantirish oldi.

Bu mag‘lubiyatdan so‘ng BATEda chempionlik uchun kurashish imkoniyati deyarli qolmadi. Jamoa chempionat yakunlanishiga to‘rt tur qolganida birinchi o‘rindagi “Shaxtyor”dan etti ochkoga orta qolmoqda. Lekin Soligorsk jamoasi zaxirasida yana ikkita uchrashuv bor. Chempion jamoa bu galgi ketma-ket ikkinchi marta chempion bo‘lish imkonini BATEga topshirib qo‘ymasa kerak.

01F05495-942C-41FC-A6BB-06638854D63A-820x420

Bobur Abduxoliqov

Ikki murabbiy va etti nafar futbolchisi koronavirusga chalingan “Energetik-BGU” jamoasi “Dinamo-Brest”ga qarshi hisob ochilmagan o‘yinda bir ochkoni qo‘lga kiritishni uddaladi. Minsklik “talabalar” safidagi uch nafar futbolchimizdan ikkitasi koronavirus yuqtirgani aytilgandi.

Bobur Abduxoliqov kasallikdan tuzalib, zaxiradan maydonga tushdi va ikkinchi bo‘limni to‘liq o‘tkazdi.

Koronavirus yuqtirgan Shahzod Ubaydullaev va jarohati borligi aytilgan Doniyor Abdumannopov uchrashuvda qatnashmadi.

sddefault

“Real”ga gol urgan Yaxshiboev “Inter”ga qarshi o‘ynaydimi?

Mourino “Yuventus”ga qarshi o‘yin oldidan Shomurodov haqida nimalar dedi?

 “Roma”: Mourino va Allegrining 9-duelida Shomurodov asosiy qurol bo‘ladi

Mourino: Konor MakGregorga yo‘q deyolmadim!

“Nyukasl”ga Mourino kerak! Joze "Roma"ni tashlab ketadimi?

Aqling bo‘lsa, “Roma”ga o‘t!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
solijon bobokulov
18/10/2021 21:23
Evropamas
Yevropa bo'ladi.
E bilan Ye ni xatolari ko'payib ketdi.
&
Бухорий Шариф
18/10/2021 21:22
ОМАД ТИЛАЙМИЗ БАРЧАЛАРИГА.