Faizullaev "Jahon chempionati-2026" haqida: Bu boshqa daraja

  • 23.06.2026 13:35
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullaev 2026 yildagi jahon chempionati haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

Uning ta’kidlashicha, jahon chempionati — har qanday futbolchi uchun eng yuqori darajadagi musobaqa hisoblanadi.

"Jahon chempionati — bu jahon chempionati. Bu yerda mutlaqo boshqa daraja. Shaxsan mening fikrimcha, bu har qanday futbolchining karerasidagi eng nufuzli va eng muhim turnir", — dedi Fayzullaev Fonbet’ning YouTube-kanaliga bergan intervyusida.

Abbosbek O‘zbekiston terma jamoasining tarixiy debyuti haqida to‘xtalar ekan, jamoaning Kolumbiyaga qarshi o‘yini ham baholadi.

"Juda faxrlanamanki, biz jahon chempionatida debyut qildik va kolumbiyaliklarga qarshi munosib o‘ynadik. Birinchi bo‘limda, albatta, hayajon bor edi, lekin o‘yin davomida u tezda yo‘qoldi", — deya qo‘shimcha qildi u.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi jahon chempionatidagi ilk uchrashuvida Kolumbiyaga 1:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi. O‘zbekistonning yagona golini Abbosbek Fayzullaev urdi. Guruh bosqichidagi ikkinchi o‘yinda terma jamoa Portugaliyaga qarshi maydonga tushadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!